Kafedra tarixi

ToshPMI hirurgik kasalliklar kafedrasiga 1972 yil asos solingan. Kafedraning birinchi mudiri va hirurgik maktab asoschisi B.A.Axunjanovdir. Axunjanov Basit Alievich 1923 yil 18 iyulda Toshkent shahrida tug’ilgan.1949 yilda Toshkent DavlatMIni davolash fakultetini tugatgan. Basit Alievich institutni tamomlagandan so’ng Toshkent DavlatMIni Sanitar-Pediatriya fakultetini gospital hirurgiya kafedrasida klinik ordinator, aspirant, so’ngra assistent lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 1953-1961 yillar. Basit Alievich O’zbekiston KomPar MUida partiya ishlarida mas’ul shaxs va ma’muriyat bo’limi boshligi bolgan, 1961-1963yillar UzSSR sog’liqni Saqlash Vazirligi travmotologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish institutining direktori lavozimida ishlagan. Basit Alievich O’zbekiston KPning XIII, XIV syezdida UzSSR KP MQ taftish hay’ati a’zosi bo’lib saylangan, XV syezdda esa O’zbekiston KP MQ a’zoligiga nomzod., Toshkent Shahar Kengashi V, VI, VII, VIII chaqiriqlarida deputat etib saylangan. 1963 yil Basit Alievich “O’tkir Ichak tutilishi patogenezi asoslari” mavzusida nomzodlik dessertasiyasini himoya qilgan. 1964yil Basit Alievich katta ilmiy hodim lavozimi, 1965yilda esa dotsentlik lavozimi bilan taqdirlangan. 1964-1972 yillar Basit Alievich Toshkent DavMI pediatriya fakulteti hirurgik kasalliklar kafedrasida dosent lavozimida ishlagan. 1972-1991yillarda Basit Alievich SamPI hirurgik kasalliklar kafedrasini boshqargan. 1979yil Basit Alievich Moskva shaxrida “regeneratatsiya stimulyatorlaridan foydalani jigar sirrozini hirurgik davolash” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Ulug Vatan urushi qatnashchisi Basit Alievich 8 ta medal, «Mehnat Qizil Bayroq» va «Hurmat Belgisi» ordeni bilan taqdirlangan. U SSSR sog’liqni saqlash a’lochisi bo’lib UZ SSR da “xizmat ko’rsatgan vrach” unvonini sohibi.

Axunjanov

1991yil UZ SSR oliy kengashi Prezidiumi buyrug’iga binoan “UZ SSR da xizmat ko’rsatgan fan arbobi” unvoni bilan taqdirlangan. Kafedra mudiri etib UZ SSR da xizmat ko’rsatgan vrach Dotsent B.A. Axundjanov tayinlangan, Dotsentlar : t.f.n. G.L. Vasilenko, t.f.n. L.T. Nadjemiddinov, t.f.n. T.Y. Yusupov; Assistentlar: t.f.n. M.X. Boruxov, t.f.n. E.A. Torkin, t.f.n. I.S. Subxanqulov, t.f.n. SH.S. Dalimov, t.f.n. L.R. Yepisheva , t.f.n. V.Y. Devyatov, t.f.n. R.S. Melkumov, t.f.n. I.I. Ibragimov , t.f.n. T.S. Saidov , t.f.n. I.P. Kim; Klinik ordinatorlar: G.A. Rustamov, Katta lobarant A.A.Abduraxmonov , M.A. Ribakova, Kichik lobarant L.O. Kokko, L.A. Seitnabiyeva, I.I. Ibragimovlar ishlaganlar . Xirurgik kasalliklar kafedrasi bazasi 6- shahar klinik shifoxonasi qoshida bo’lib, shifoxonada xirurgik bemorlar 80 o’rinlik, travmatologik bemorlar uchun 45 o’rinlik,Toshkent Tekstil Kombinatida xirurgiya va urologiya bo’limlarida va Temir yo’l kasalxonasi stomatologiya bolimlarida joylashdi. Kafedrada 4-,5-kurs talabalari shug’ullanishgan. Institut tashkil etilish davrida inistitut rektori tomonidan o’quv jarayoni uchun jihozlar va asboblar ajratildi. Kafedra xodimlari tomonidan uslubiy qo’llanmalar tayyorlandi va amali mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv xonalari jixozlandi, stendlar tashkil qilindi. Bu esa o’quv jarayonini o’z vaqtida boshlash uchun imkoniyat yaratdi. Ilmiy faoliyat Kafedra jamoasi jigar serrozini davolash o’tkir pankreatit xolecistit, me’da va 12-barmoq ichak yarasi, yiringli peritonit, qorin yopiq shikastlari, operatsiyadan kiyingi og’riqsizlantirish muomalari ustida ishladi. Kafedrada qator kandidatlik va doktorlik dissertatsiyalari bajarildi va himoya qilimdi. 1972-yilda ass. V.Ya. Devyatov tomonidan “Qorin bo’shligi a’zolari yopiq shikashti”, R.S.Melkumov tomonidan “qorin bo’lig’I refleksogen zonalarni operatsiyadan kiyingi davrda uzoq vaqt ochiq novokainli blokada qilish”, ass. L.R.Yepisheva tomonidan “ bo’yin tug’ma kistalari va oqmalari” mavzularida , 1973-yilda ass. T.S. Saidov tomonidan pielonefrit bilan kasallangan bemorlarda buyfak faolayati buzilish mexanizmi ‘, ass I. I. Ibragimov tomonidan “ oshqozon yarasi rakida shilliq qavati fuksional morfologiyasi “ va 1985 yilda ass X.A. dadayev tomonidan “ o’tkir pankreatitda suv elektrolit buzulishlarni korreksiyasi” mavzularida kandidatlik dissertatsiyalari yoqlandi. 1988-1989 o’quv yilidan XDX kafedrasi bizning kafedraga qo’shildi va avval 5- kursda keyichalik 4-kursda dars olib borildi. Bu davrda 1 Xirurgik kasalliklar kafedrasi shtati 14 ta mualim klinik ordenarorlar va laborantni tasgkil qildi.1988-yilda XDX kafedrasi qayta tashkil etilgach soatlar 1 va 2 xirurguk kasalliklar kafedralar orasida bo’lindi. Bizning kafedraga dos. Yusupov T.Yu., Kim .I.P., Dalimov .Sh.S qo’shilishdi. Klinik bazalar TTK TSQ si va Toshkent viloyat kasalxonasida joylashdi. Kafedra shtati 14 xodimni tashkil qildi.. 1991-yildan uning o’quvchisi t.f.d. SH. A. Dadaev kaferdani boshqara boshladi va 1992- yilda tanlov asosida 1-xirurgik kasalliklar kafedrasi mudiri etib saylandi. B.A.Oxunjanov esa pensiyaga chiqish sababli kafedra professori lavozimida qoldi. Najmidinov Latif Tursinovich.. 1930-yil 30 oktyabrda toshkent shaxrida, hizmatchi oilasida tug’ilgan. 1-ToshDTOning davolash fakultetini 1955-yil tugatgan. 1961 yilgacha Farg’ona viloyatining viloyat kasalxonasida, 1955-1956 yillar Chkalov nomli zavodning TSKda, 1956-1958 yillar va 1959-1961 yillar ToshDTOning torakal hirurgiya bo’limlarida amaliyot vrach-hirurg bo’lib ishlagan. 1961 yil Bakulev nomli yurak-tomir hirurgiyasi institutiga aspirantlikga qabul qilingan va 1964 yil nomzodlik dessertasiyasini quyidagi mavzuda himoya qilgan: “значение плетизмографии в диагностике заболеваний аорты и магистральных артерий”. 1968 yilgacha Toshkent vrachlarni malaka oshirish institutining hirurgiya kafedrasida assistant bo’lib ishlagan. Quyidagi mavzuda “aorta koarktasiyasida protez qo’yishdan keyingi natijalari”. 1968 yil doktorlik dessertasiyasi ustida ish olib brogan, yurak-tomir hirurgiyasi institutida prof. Pokrovskiy boshchiligida, va 1972 yil muvaffaqiyatli himoya qilgan. O’rta Osiyo Pediatriya Tibbiyot institute 1972 yil tashkil qilingandan keyin “Hirurgik kasalliklar” kafedrasida ishlab, assistentlik lavozimidan boshlab, keyinchalik dosentlik va professorlik lavozimlariga mehnat faoliyatini olib brogan va 1978 yildan 2000 yilgacha (22yil) kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Najmitdinov Latip Tursunovich 4 tibbiyot fanlari nomzodini va 1 tibbiyot fanlari doktorini tayyorladi va ushbu shogirdlari, hozirgi kunda ularning ishini davom ettirmoqda. Najmitdinov L.T. 130dan koproq ilmiy ishlarni chop etgan va 6 rasionalizatorli taklif, 10dan ko’proq amaliyotga tadbiq qilingan va 10 metodik qollanmalar yozilgan. Mehnat faoliyati davomida yurakda, aortada, o’pkada, oshqozon ichak tizimida 1000dan ko’proq operasiyalar qilgan. Prof Najmitdinov Latip Tursunovich “Mehnat faxriysi” va “Sog’liqni saqlash a’lochisi” unvoniga sazovor bo’lgan.

Najmiddinov

Dadaev Shirin Amanovich, 1949 yil Sirdaryo viloyatida tug’ilgan, xirurg. 1972yil 1- ToshDavMIning pediatriya fakultetini tugatdi. 1972-1973yillarda Toshkent shaxar 14-sonli kasalxonasida bolalar hirurgiyasi boyicha internatura o’tdi. 1973-1975 yillarda Toshkent shaxar 6-sonli klinik kasalxonasida shifokor ordinator bolib ishladi. 1976-1983 yillarda SamPI 1-hirurgik kasalliklar kafedrasi assistenti, 1984-1987yillarda katta ilmiy hodim sifatida Moskva shaxriga “N.I.Pirogov nomli” 2-MMI(kaf. mudiri sotsialistik mehnat qahramoni prof. O.S.Mayat) doktorlik dissertasiyasini bajarish uchun yuborildi. 1988-1991yillarda 1-hirurgik kasalliklar kafedrasi dotsenti, 1991yildan ToshPMI hirurgik kasalliklar kafedrasi mudiri. 1979yilda “Qorin bo’shlig’i a’zolari operasiyasidan keyingi refleksogen zonalar uzoq vaqtli ochiq novokailnli blokadalari solishtirma harakteristikasi” mavzusida nomzodlik, 1991yilda “12 barmoqli ichak yarasini hirurgik davolashda selektiv proksimal vagotomiyaning zamonaviy ko’rinishlari” mavzusida Moskva shaxrida doktorlik dissertasiyasini yoqladi. SH.A.Dadaev tomonidan 160dan ziyod ilmiy ishlar chop etilgan. U 1 monografiya, 18 uslubiy qollanma, 5 uslubiy ko’rsatma, 1 rasionalizatorlik taklifi muallifidir, 3 nomzodlik ishlari rahbari. 12 barmoqli ichak yarasi diagnostikasi va hirurgik davosi muammolari bilan qator yil (1981-1994yillar) shug’ullanib, SSSR yangi tibbiy texnika chiqarish zavodi va KB yetakchi konstruktori bilan hamkorlikda yagona ko’p funksiyali, bir vaqtning o’zida ph-metriya, pilorik qismni pneumodilyatatsiya va transiliminasiya qilish uchun gastro-enterologik zondlari (ПЭГ-9, ПЭГ-4) ishlab chiqarildi. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliy tibbiyotga joriy qilganligi uchun ihtiro jamoasi shu jumladan SH.A.Dadaevga 1994-yilda Moskva shaxrida halqaro ahborot akademiyasi akademigi unvoni berildi. SH.A.Dadaev O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi qoshidagi diplomlar nosterifikasiyasi hay’ati a’zosi, V.V.Vohidov nomli hirurgiya ilmiy markazi mahsus kengashi a’zosi, Akusherlik va Ginekologiya ITI bosh hirurg maslahatchisi, ITDK eksperti, halqaro ahborot akademiyasi a’zosi, 2007-2012 yillarda Toshkent viloyat shoshilinch tez yordam markazi direktori lavozimida ishladi.(RSHTYoIM filiali)

Dadaev2

1991yilda kafedra qayta tashkillanishi O’zbekiston SSV buyrug’iga asosan kafedra shtatlari 17dan 5gacha qisqartirildi. Kafedra mudiri SH.A.Dadaev 1,0 st, kaedra professori B.A.Ohundjanov 0,5 st. Dosentlar: Devlyatov V.Ya, Dolimov SH.S, Kim I.P va assistentlar Ahmedov I.V va Ashurmetov A.M 0,5 stavkadan, dotsent M.B.Ohunjonov 1,0 st va 1,0 st. laborantlik. 1998yilda kafedraning qayta tashkillanishi natijasida 2 ta hirurgik kasalliklar kafedrasi va umumiy hirurgiya kafedrasi qoshilib, hirurgik kasalliklar va XDX, umumiy hirurgiya kursi bilan deb atala boshladi. 2002yilda umumiy hirurgiya kursi alohida kafedra qilib ajratildi va kafedra mudiri qilib dosent A.SH.Abdumajidov tayinlandi. 2003yil hirurgik kasalliklar va XDX kafedrasi OMX kursi bilan 15ta shtat birligini tashkil qildi. Hozirgi kunda kafedrada 3 professor, 4 tibbiyot fanlari doktori, 2 tibbiyot fanlari nomzodi, 9 assistant ishlaydi. Kafedra tashkil topgandan buyon 3ta doktorlik va 24ta nomzodlik dissertasiyalari tayyorlandi va yoqlandi. 187ta ilmiy maqola, 362 tezis, 2ta mualliflik guvohnomasi, 86 uslubiy taklif, 12 rasionalizatorlik taklifi, 4 monografiya va 1 kashfiyot tayyorlandi. Kafedra hodimlari tomonidan fakultet va gospital hirurgiyalar urologiya, XDX turli mavzularda yangi o’quv qollanmalari, slaydlar va albomlar tayyorlandi.